3-4-noyabr kunlari Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan Ichki ishlar vazirligi akademiyasida seminar-trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Qisqa muddatli o‘quv yig‘inida Ichki ishlar vazirligi va Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasidan sohaviy xizmatlar vakillari, IIV Akademiyasining ixtisoslik kafedralari professor-o‘qituvchilari hamda Malaka oshirish instituti xodimlari qatnashdi.
Xalqaro mutaxassislar tomonidan “Politsiya xodimlarining yoshlar bilan muloqot qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash”, “Ichki ishlar organlarining jamoatchilik va OAV bilan ishlash xizmati faoliyati” mavzularida mashg‘ulotlar olib borildi. Bu borada xorij va O‘zbekiston tajribasining ilg‘or jihatlari tahlil qilinib, soha xodimlariga tavsiyalar berildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati