Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Sayyor sudda ikkita ish ko‘rildi

10 Iyun 2023, 06:06

954

IIV Akademiyasida jinoyat ishlari bo‘yicha Yangihayot tumani sudining sayyor sudi bo‘lib o‘tdi. Sud protsessida ta’lim muassasasining “tergov faoliyati” ixtisoslik yo‘nalishida tahsil olayotgan kursantlar ham ishtirok etdi.

Tuman sudi sudyasi Ikrom Rajabov raisligida o‘tkazilgan majlisda Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi hamda ushbu moddaning 1-qismida nazarda tutilgan qilmishni sodir etgan shaxslar ustidan hukm o‘qildi.

Shundan so‘ng sudya va kursantlar o‘rtasida ochiq muloqot tashkil qilindi. Unda odil sudlovni ta’minlashda shaxs huquq va erkinliklarini kafolatlash, sud tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.

Kursantlar sud jarayonida muhokama qilingan jinoyat ishlari, xususan, sudga qadar o‘tkazilgan protsessual harakatlarning ayrim jihatlari va hukmning qonuniy asoslari bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech