IIV Akademiyasida jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumani sudi tomonidan navbatdagi sayyor sud o‘tkazildi.
Sud protsessini “tergov faoliyati” ixtisoslik yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan kursantlar kuzatib borishdi. Sayyor majlisda O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarining tegishli moddalari bilan sudlanayotgan shaxslarga nisbatan javobgarlik muqarrarligi ta’minlandi.
Shundan so‘ng, sudyalar ishtirokida davra suhbati tashkil qilindi. Soha vakillari “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati, xususan, sud-huquq tizimidagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan maqsad va vazifalar haqida tushunchalar berildi. Muloqot ruhida o‘tgan tadbir davomida kursantlar Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslaridan o‘rin olgan yangiliklar yuzasidan zurur ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati