Avval xabar berganimizdek, IIV akademiyasi professor-o‘qituvchilari tomonidan hududiy ichki ishlar organlarida mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.
Galdagi yig‘in Farg‘ona viloyatining Quva, Rishton, Bag‘dod tumanlari hamda Quvasoy shahrida tashkil qilindi. Dasturga binoan, profilaktika inspektorlari, tezkor vakil hamda tergovchi(surishtiruvchi) xodimlar uchun kasbiy bilim va ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Bundan tashqari, sayyor uchrashuvlarda hududlarning kriminogen vaziyatini barqarorlashtirish maqsadida yaratilgan metodik qo‘llanmalar taqdimot qilinib, ilmiy yondashuvlarga asoslangan taklif hamda tavsiyalarni amaliyotga tatbiq etish, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish chora-tadbirlari atroflicha tushuntirildi.
Mashg‘ulotlar qizg‘in davom ettirilmoqda.
IIV akademiyasi Axborot xizmati