Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Sayyor maşğulotlar dolzarb mavzularga qaratildi

27 Iyun 2025, 20:54

1102

IIV akademiyasi professor-öqituvçilari tomonidan tuman-şahar içki işlar organlari rahbarlari uçun sayyor maşğulotlar taşkil qilindi.

Qoraqalpoğiston Respublikasi, Namangan, Samarqand Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida taşkil qilingan maşğulotlar tizimdagi islohotlarning natijadorligini oşirişda muhim ahamiyat kasb etdi.

Öquv yiğinlari davomida mahallalarda kriminogen vaziyatni baholaş va prognoz qiliş, “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş, ijtimoy profilaktika samaradorligini oşiriş, içki işlar organlarining jamoatçilik bilan aloqalarini samarali taşkil etiş hamda boşqa mavzularda maşğulotlar ötkazildi.

Içki işlar organlari rahbarlariga tizim faoliyatini takomillaştirişning dolzarb talablari yetkazilib, ustuvor yönalişlar belgilab berildi. Maşğulotlar yakunida ularning bilim va könikmalari test sinovlari orqali baholandi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech