Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tumani sudida o‘tkazilgan sud jarayonlari Akademiyaning “tergov faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha ta’lim olayotgan kursantlari uchun sayyor mashg‘ulot vazifasini o‘tadi.
Kursantlar sud prosessida ishtirok etish orqali Jinoyat kodeksining 164-moddasi ikkinchi qismi “a” va “b” bandlari hamda 277-moddasi uchinchi qismi “a” bandida nazarda tutilgan qilmishlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan chiqarilgan sud hukmiga guvoh bo‘lishdi.
Sud vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan davra suhbatlarida o‘quv jarayonida nazariy bilimlarni puxta egallash, sud-tergov amaliyoti, xususan, surishtiruv va dastlabki tergov bosqichida qonuniylikni ta’minlash yuzasidan tavsiyalar bildirildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati