Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Sayyor mashg‘ulotlar amaliy ko‘nikmalarni boyitdi

07 Noyabr 2022, 07:11

998

Ta’lim jarayonida ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, o‘quv mashg‘ulotlariga tajribali amaliyot xodimlarini jalb etish ijobiy samara beradi.

IIV Akademiyasida jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi vakillari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Muloqot oldidan sayyor sud majlisi o‘tkazilib, unda Jinoyat kodeksi 131-moddasining ikkinchi qismi “b” bandi hamda 276-moddasining ikkinchi qismi “b” bandida nazarda tutilgan qilmishlarni sodir etgan shaxsga nisbatan sud hukmi o‘qildi.

Davra suhbatida Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi raisi Sh. Bakayev va boshqalar so‘z olib, tergov amaliyotida jinoiy qilmishlarni kvalifikatsiya qilishda e’tibor qaratilishi zarur jihatlarga to‘xtalib o‘tishdi. Jinoyat kodeksining 2441-moddasi uchinchi qismi “g” bandida nazarda tutilgan jinoyat ishi bo‘yicha qabul qilingan xususiy ajrim qizg‘in muhokama qilindi. Savol-javoblarga boy o‘tgan uchrashuvda kursantlar o‘zlari uchun zarur tavsiyalarni olishdi.

Bundan tashqari, Akademiyaning Tergov faoliyati kafedrasi tomonidan Toshkent davlat yuridik universiteti talabalariga “Ishni sudga qadar yuritish bosqichining o‘ziga xos xususiyatlari” mavzuida ma’ruza mashg‘uloti o‘tkazildi. Kriminalistik poligonda jinoyat joyini ko‘zdan kechirish bo‘yicha tashkil etilgan amaliy mashg‘ulot hamda ta’lim maskani faoliyati bilan tanishuv bo‘lajak huquqshunoslarda ulkan taassurot qoldirdi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech