Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

“Sayyor akademiya” Samarqandda

25 Dekabr 2023, 03:12

540

IIV Akademiyasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Samarqand viloyati ichki ishlar organlarida qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etildi.

Profilaktika inspektorlarining faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan mashg‘ulotlar interfaol yondashuvlar asosida olib borildi. O‘quv rejasiga binoan, “Huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid islohotlarning mazmun-mohiyati”, “Mahallalar, ayniqsa kriminogen vaziyati og‘ir hududlarda ijtimoiy profilaktikani samarali tashkil etish”, “Huquqbuzarlik sodir etish ehtimoli bo‘lgan shaxlar bilan manzilli ishlash, “Huquqbuzarliklarni malakalash va ishga doir protsessual hujjatlarni rasmiylashtirish”, “Xizmatdagi nostandart vaziyatlarda o‘zini o‘zi boshqarish” hamda boshqa muhim mavzularda seminar-treninglar o‘tkazildi.

Mashg‘ulotlar yakunida soha vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech