Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

“Sayyor akademiya” o‘quv kurslari yakunlandi

28 Dekabr 2023, 09:12

454

27-28-dekabr kunlari Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida profilaktika inspektorlari uchun “Sayyor akademiya” seminar-trening mashg‘ulotlari tashkil etildi. Mashg‘ulotlar IIV Akademiyasi professor-o‘qituvchilari tomonidan onlayn va offlayn formatda o‘tkazildi.

O‘quv dasturiga ko‘ra, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq islohotlarning mazmun-mohiyati”, “Mahallalarda ijtimoiy profilaktika subyektlari faoliyatini samarali tashkil etish”, “Hududdagi kriminogen vaziyati og‘ir (“qizil” toifadagi) mahalla misolida ijtimoiy profilaktika chora-tadbirlarini samarali tashkil etish amaliyoti”, “Profilaktika inspektorlari vakolati doirasida ko‘rib chiqiladigan ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha protsessual hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi” va boshqa dolzarb mavzular batafsil tushuntirib o‘tildi.

Bundan tashqari, kriminogen vaziyati murakkab mahallalar misolida ishlab chiqilgan hudud metodikalari, jinoyatlikni jilovlashga qaratilgan dolzarb taklif hamda tavsiyalar taqdimot qilindi. Interfaol mashg‘ulotlar davomida soha vakillari kelgusi faoliyatlari uchun zarur bo‘lgan bilim hamda ko‘nimalarga ega bo‘ldilar.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech