Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

“Sayyor akademiya” hududlarda

21 May 2024, 09:05

507

Shu kunlarda Andijon va Namangan viloyatlarida “Sayyor akademiya” dasturi asosida o‘quv kurslari tashkil etilmoqda.

Mashg‘ulotlar hududiy profilaktika inspektorlari, tezkor vakil hamda tergovchi(surishtiruvchi) xodimlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yuksaltirish, shu orqali ichki ishlar organlarining faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida yo‘lga qo‘yildi.

O‘quv rejasiga binoan, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi professor-o‘qituvchilari tomonidan “Oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik bilan bog‘liq jinoyatlarga qarshi kurashish va ularni kvalifikatsiya qilish muammolari”, “Narsa va hujjatlarni ko‘zdan kechirish, taqdim qilingan narsani olish, tintuv va olib qo‘yish hamda mol-mulkni xatlash protsessual harakatlarini o‘tkazish va rasmiylashtirish tartibi hamda taktikasi”, “Kiberjinoyatlarning zamonaviy turlari, sodir etilish usullari va ularni fosh qilishning taktik xususiyatlari”, “Konfliktli vaziyatlarni baholash va ularni boshqarish” kabi mavzularda interfaol seminar-treninglar o‘tkazilmoqda.

Bundan tashqari, hududlarda sodir etilayotgan jinoyatlar tahlil qilinib, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va jinoyatchilikni jilovlash, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashilmoqda.

Ishchi guruh vakillarining aytishicha, sayyor mashg‘ulotlar respublikamizning barcha hududlarida tashkil etiladi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech