Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Samaradorlik ijro intizomiga bog‘liq

15 Fevral 2023, 07:02

784

Davlatimiz rahbarining joriy yil 20-yanvardagi qarorida ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar belgilab berildi.

Mazkur qaror bilan ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi amaliyotga tatbiq qilindi. Soha vakillari ushbu kodeks talablariga qat’iy rioya qilishi, ayni paytda bu har bir xodimning xizmat faoliyati samaradorligi va xizmat intizomini baholashning asosiy mezonlaridan biri hisoblanishi nazarda tutildi.

Ayni kunlarda ichki ishlar organlarining barcha bo‘g‘inlarida davlatimiz rahbari qaroriga bag‘ishlangan huquqiy targ‘ibotlar amalga oshirilmoqda. Joylardagi uchrashuvlarda soha xodimlari oldida turgan ustuvor vazifalar, ularni faoliyatga samarali tatbiq etish mexanizmlari atroflicha tushuntirilyapti. Targ‘ibot tadbirlariga tajribali amaliyot xodimlari bilan birga, IIV Akademiyasi professor-o‘qituvchilari ham jalb qilingan.

– Ishchi guruh tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida bo‘lib, hududiy ichki ishlar organlari ishtirokida mashg‘ulotlar o‘tkazdik. Qaror mazmun-mohiyatini yetkazish asnosida shaxsiy tarkib bilan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning qay darajada tashkil etilayotganiga ham e’tibor qaratildi. Chunki sohani xalqchil tuzilmaga aylashtirish yo‘lidagi islohotlar tizimning ma’naviy qiyofasini shakllantirishni ham taqozo etmoqda, – deydi Akademiya katta o‘qituvchisi, podpolkovnik Anvar Toshtemirov.

Darhaqiqat, ichki ishlar organlaridagi yangilanishlar har bir xodim zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklamoqda. Islohotlar samarasi esa Vatan va xalq oldidagi burchni halol, vijdonan, ado etishga, tizim sha’niga putur yetkazadigan nojo‘ya xatti-harakatlarning barvaqt oldini olishga bog‘liq.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech