Poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi mahallalar raislari uchun o‘quv seminari tashkil qilindi.
Jamiyatimizda kechayotgan izchil islohotlar jarayonida tizim vakillarining faoliyat samaradorligini oshirish o‘quv seminaridan ko‘zlangan asosiy maqsad bo‘ldi.
Mashg‘ulotda IIV akademiyasi professor-o‘qituvchilari so‘z olib, Prezidentimizning “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga atroflicha to‘xtaldi.
Hudud faollariga mazkur qaror asosida amaliyotga joriy qilingan yangicha tizimlar, “mahalla yettiligi” vakillariga yuklatilgan vazifalar, chora-tadbirlarni amalga oshirish mexanizmlari tushuntirib o‘tildi.
O‘quv seminarida mahalla raislari ham so‘zga chiqib, mavjud muammolarning yechimlari yuzasidan o‘z taklif va tashabbuslarini bildirdi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati