Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Saylovga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishildi

18 Oktyabr 2024, 05:10

143

Markaziy saylov komissiyasi kotibi Xudoyor Mamatov Ichki ishlar vazirligi akademiyasidagi 100-saylov uchastkasi faoliyati bilan tanishdi.

Muloqot chog‘ida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovini yuqori saviyada o‘tkazish, bu yilgi saylovlarning o‘ziga xos xususiyatlari, saylov qonunchiligidagi o‘zgarishlar hamda uchastka saylov komissiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Markaziy saylov komissiyasi kotibi muhim siyosiy tadbirga tayyorgarlik jarayonlarini ko‘zdan kechirib, yoshlarning mamlakatimiz hayotidagi o‘zgarishlarga daxldorligini oshirish, saylov qonunchiligi borasidagi bilimini yuksaltirish, saylovni uyushqoqlik bilan tashkil etish kabi masalalarda uslubiy tavsiyalar berdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech