Keyingi yillarda yurtimizda baxshichilikni yanada rivojlantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Qurolli Kuchlar akademiyasida “Baxshichilik san’ati” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Bellashuvda Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Jamoat xavfsizligi universiteti, Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti hamda Qurolli Kuchlar akademiyasi kursantlari ishtirok etdi. Jamoalarning chiqishi Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti vakillaridan iborat hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi.
Hayajonli lahzalarga boy o‘tgan ko‘rik-tanlovda Ichki ishlar vazirligi akademiyasining “Navobaxsh” jamoasi “Eng mohir ijrochi” hamda “Mohir soz va ovoz sohibi” nominatsiyalariga sazovor bo‘ldi.
Qurolli kuchlar akademiyasiga “O‘ziga xos ijrochi” va “Eng mohir doston ijrochisi” nominatsiyalari nasib etgan bo‘lsa, Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi kursanti “Eng yosh ijrochi” bo‘ldi. Shuningdek, “Eng mohir cholg‘u ijrochisi” va “Eng iqtidorli ayol” nominatsiyalarini Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti hamda Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari qo‘lga kiritdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati