Ichki ishlar organlarida xizmat qilishning zarur jihatlaridan biri ruhiyat sog‘lomligi hisoblanadi. Xodimlarning psixologik holatini o‘rganish va o‘z vaqtida malakali yordam ko‘rsatish faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Ayni kunlarda IIV Akademiyasi Psixologik ta’minlash markazida shahodatlangan xodimlarning ruhiy barqarorligini aniqlashga qaratilgan tadbirlar olib borilmoqda. Shaxsiy tarkib a’zolarining ruhiy holatidagi o‘zgarishlarni barvaqt aniqlash maqsadida o‘tkazilayotgan psixodiagnostik tekshiruvlarga malakali psixolog-inspektorlar jalb qilingan.
Markaz boshlig‘i, podpolkovnik Ilhomali Kalonovning aytishicha, profilaktik xususiyatga ega bunday tadbirlar xodimlarning xizmat va oilaviy sharoitdagi muammolarini o‘rganish, ularning oldini olish, shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomini mustahkamlash, kasbiy fazilatlarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Psixodiagnostika natijalari tahlil qilinib, zarur psixokorreksion tabdirlar amalga oshirilmoqda.
Aytish joizki, markaz vakillari tomonidan ruhiy barqarorlikni saqlash omillari tushuntirilib, turli vaziyatlarda o‘zini-o‘zi boshqarish, irodaviy fazilatlarni namoyon eta bilish, zimmadagi burch va majburiyatlarni ado etishga mas’uliyat bilan yondashish yuzasidan maslahatlar berilmoqda.
Ichki ishlar organlarida “Ma’naviyat oyligi” doirasida tashkil qilinayotgan tadbirlar davom etmoqda.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati