Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Respublika o‘quv-seminari tashkil qilindi

17 Avgust 2023, 09:08

943

Joriy yilning 15–18-avgust kunlari IIV Akademiyasida yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishda “mahalla beshligi” faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida o‘quv-seminar o‘tkazildi. 

Tadbir “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Milliy gvardiya, Yoshlar ishlari agentligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda tashkil qilindi.

Uch kun davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan jalb qilingan masu’l xodimlar uchun “Yoshlar va voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning oldini olishda “mahalla beshligi”ning hamkorligi”, “Mahallalardagi yoshlar yetakchilari faoliyatini samarali tashkil etish hamda ular ishtirokida jinoyatchilik profilaktikasini amalga oshirish mexanizmlari”, “Ta’lim muassasalari yoshlari o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish”, “Nizoli oilalar bilan ishlash va ularning farzandlarini ijtimoiylashuvini ta’minlash”, “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va ijtimoiy profilaktikani tashkil etish”, “Mahalla – tuman(shahar) – hudud” kesimida voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishning samarali tizimini yaratish” mavzularida interfaol mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Shuningdek hududlar tajribasi asosida jinoyatchilikni jilovlash va huquqbuzarliklarning oldini olish, aholi bilan manzilli ishlash, mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlarini maqsadli tashkil etish, bu borada ilg‘or tajribalarni ommalashtirish yuzasidan fikr almashildi. O‘quv-seminar yakunida ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlandi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech