Ichki ishlar vazirligi akademiyasida “Mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni takomillashtirish” mavzuiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.
Anjmuman Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), Ichki ishlar vazirligining manfaatdor departamentlari hamda turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Soha vakillari, huquqshunos olimlar, professor-o‘qituvchi va tadqiqotchilar, akademiyaning “jazoni ijro etish faoliyati” ixtisoslik yo‘nalishi kursantlari ishtirok etgan tadbirda mavzuning ilmiy-amaliy jihatlari atroflicha muhokama qilindi. “Mahkumlar huquqlari va qonuniy manfaatlarining konstitutsiyaviy asoslari”, “Mahkumlarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlashda ombudsman institutining o‘rni”, “Probatsiya nazorati ostidagi shaxslarni ijtimoiy moslashtirish” va boshqa mavzularda dolzarb ma’ruzalar tinglandi.
Mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan islohotlar tahlil qilinib, ayrim muammolarning yechimlariga qaratilgan takliflar bildirildi..
IIV akademiyasi Axborot xizmati