28-30-mart kunlari Ichki ishlar vazirligi akademiyasi huquqshunoslik fani bo‘yicha olimpiadaning respublika bosqichiga mezbonlik qildi.
Vazirlik tasarrufidagi akademik litseylar o‘rtasida tashkil etilgan olimpiadada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridan jami 14 nafar o‘g‘il-qiz ishtirok etdi.
Sinovlar yozma ish va test shaklida o‘tdi. Muhimi, har ikki bosqich yoshlarning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqini kuchaytirish, yangi iqtidor egalarini kashf etishga xizmat qildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, birinchi o‘rin Surxondaryo akademik litseyi o‘quvchisi Muhammadsodiq Abduja’farovga, ikkinchi o‘rin Farg‘ona akademik litseyi o‘quvchisi Sabrinabonu Ne’matovaga hamda uchinchi o‘rin Buxoro akademik litseyi o‘quvchisi Mirali Muhammadovga nasib etdi.
Taqdirlash marosimidan so‘ng olimpiada ishtirokchilari “Yangi O‘zbekiston” bog‘ini tomosha qilib, akademiya yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan tanishdilar.
IIV akademiya Axborot xizmati