Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Rahbar va yoşlar uçraşuvi

5 Noyabr 2026, 22:21

89

Yoşlar kuni munosabati bilan Içki işlar vazirligi akademiyasi boşliği yoş xodimlarning fikr va takliflarini tingladi.

Uçraşuvda ta’lim muassasasi rahbariyati, yoşlar masalalari böyiça mas’ullar, magistraturaning “ilmiy-tadqiqot faoliyati” mutaxassislik yönalişi tinglovçilari qatnaşdi.

Muloqot avvalida mamlakatimizda keçayotgan keng qamrovli islohotlar jarayonida yoşlarning örni, kelajak avlod vakillari uçun yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar, içki işlar organlari tizimida yoşlar siyosati masalasida belgilab olingan ustuvor yönalişlar haqida söz bordi.

Keyingi yillarda muhtaram Prezidentimiz taşabbusi bilan yoşlarga oid davlat siyosati barça sohalarda yangi bosqiçga olib çiqilgani, yetuk salohiyatli, fidoyi, taşabbuskor yoşlar davlat va jamiyat hayotining faol iştirokçisiga aylanib borayotgani ta’kidlandi.

Akademiya boşliği davlatimiz rahbari qarori bilan ta’lim tizimi yangiça yondaşuvlar asosida taşkil etilayotganini qayd etib, pedagogik faoliyat bilan şuğullanişni maqsad qilgan tinglovçilarga dolzarb talablarni yetkazdi. Bugungi kun öqituvçisi pedogogik mahoratini östirib borişi, xorijiy tillar, raqamli va sun’iy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanişni puxta özlaştirişi, yuqori şaxsiy fazilatlarga ega bölişi zarurligini aytib ötdi.

Muloqot davomida tinglovçilarning takliflari, ta’lim va amaliyot jarayonlari haqidagi mulohazalari tinglandi. Mas’ullarga yoş kadrlar amaliyotda duç kelayotgan muammolarni örganib boriş, öquv jarayonlarini takomillaştirişda ularning fikrlarini inobatga oliş, salohiyatli yoşlarni ilmiy-pedagogik faoliyatga keng jalb etiş, istiqbolli kadrlar zaxirasini boyitib boriş borasida topşiriq berdi.

Oçiq va samimiy ruhda ötgan tadbir yakunida yoşlar bilan işlaş samaradorligini oşiriş, ularning muammolarini hal etiş,  ilgari surgan taklif va taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş borasida tegişli çora-tadbirlar belgilab olindi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech