Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Qonun ijodkorlari bilan uchrashuv

29 Sentyabr 2023, 10:09

775

IIV Akademiyasi magistraturasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi vakillari bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda mamlakatimiz qonunchiligida kutilayotgan yangilanishlar, soha vakillari tomonidan ishlab chiqilayotgan qonun loyihalari, ichki ishlar organlari, tezkor-qidiruv faoliyati va ma’muriy qamoqni o‘tashni tartibga soluvchi qonunlarga kiritilishi rejalashtirilayotgan o‘zgartirishlar, ularning ahamiyati va zarurati xususida so‘z bordi.

Bu borada ichki ishlar organlarining turli sohaviy xizmatlari faoliyat yuritib, ayni paytda boshqaruvga oid zamonaviy bilim hamda ko‘nikmalarni egallayotgan magistratura tinglovchilarining taklif va tavsiyalari, faoliyatni takomillashtirishga qaratilgan mulohazalari tinglandi.

Tadbir so‘nggida mehmonlar Akademiyada yo‘lga qo‘yilgan ta’lim jarayonlari bilan tanishdilar.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech