O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov “Malomat toshlari” she’rida millatimiz ziyolilarining fojiali qismati haqida shunday satrlarni bitgan edi.
IIV Akademiyasida “Qodiriyni eslab...” mavzuida adabiy-ma’rifiy kecha bo‘lib o‘tdi. Unda taniqli adib Sherkon Qodiriy, tilshunos olim va tadqiqotchilar, ta’lim muassasasining O‘zbek tili va xorijiy tillar kafedrasi vakillari hamda kursantlar ishtirok etdi.
Kechada so‘z olganlar Abdulla Qodiriyning hayoti va ijodi, boy adabiy merosi, o‘lmas asarlarining zamonamiz yoshlari uchun ibratli jihatlari, bugungi kunda milliy adabiyotimizga qaratilayotgan ulkan e’tibor, ayniqsa ma’rifatparvar adiblarimiz ijodining milliy yuksalishimizdagi beqiyos ahamiyati haqida chiqishlar qildilar.
Iqtidorli kursantlar tomonidan ijro etilgan she’rlar, Qodiriy asarlaridan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari ulug‘ bobolarimizning “Adabiyot yashasa – millat yashaydi” deya g‘oyasi yosh avlodni ezgu maqsadlar sari da’vat etayotganini namoyon etdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati