Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Qizlarga e’tibor – kelajakka e’tibor

19 Dekabr 2023, 12:12

598

IIV Akademiyasida ta’lim olayotgan kursant qizlar uchun motivatsion tadbir o‘tkazildi.

Tadbir yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish, qizlarni hayotga munosib tayyorlash, ularning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini yuksaltirish maqsadida tashkil qilindi. Unda taniqli mutaxassislar Nurxon Allanazarova va Dildora Dadaxodjaeva so‘z olib, yurtimizda yosh avlodni barkamol insonlar etib tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarga to‘xtalib o‘tishdi.

Ta’kidlanganidek, har bir farzandning kelajagini belgilaydigan ma’naviy mezonlar avvalo oilada qaror topadi. Qizlarimizning qanday inson bo‘lib shakllanishida oila kattalari bilan birga, ular ta’lim olayotgan maskandagi muhit muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, ta’lim sohasi jonkuyarlari ezgu faziltalari bilan yosh avlodga har tomonlama namuna bo‘lishlari, ularni ezgu orzu-maqsadlari sari ruhlantirishlari lozim.

Tadbirda yoshlar ma’naviyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillar, qizlarni hayotga tayyorlashda milliy qadriyatlarning o‘rni, kelajagimiz vorislarining puxta bilim olishi, kasb-hunar egallashi, o‘z qobiliyatini ro‘yobga chiqarishi, innovatsion texnologiyalar va xorijiy tillarni o‘rganishi uchun yaratib berilayotgan ulkan sharoitlar, imkoniyatlardan samarali foydalanish yo‘llari haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, soha mutaxassislari tomonidan kursantlarning kelgusidagi xizmat faoliyatida qo‘l keladigan psixologik maslahatlar berildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech