Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Qiynoqqa qarshi kurashish bo‘yicha o‘quv kursi

23 Sentyabr 2024, 05:09

187

20-21-sentyabr kunlari Namangan viloyatida “Qiynoqqa solishga qarshi kurashish: xalqaro amaliyot va milliy tajriba” mavzusida o‘quv kursi bo‘lib o‘tdi.

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Bosh prokuratura hamda Ichki ishlar vazirligi hamkorligida tashkil qilingan o‘quv kursiga ichki ishlar organlarining tezkor-qidiruv, tergov va jazoni ijro etish bo‘linmalari, shuningdek, sud va prokuratura tizimi xodimlari jalb qilindi.

Ikki kun davomida tinglovchilar “Inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlar va asosiy tamoyillar”, “Qiynoqqa solish bilan bog‘liq qilmishlar sodir etilishining oldini olishga oid qonunchilikning rivojlanishi”, “Qiynoqqa solish jinoyati uchun javobgarlik masalalari”, “Nelson Mandela qoidalarining mazmun-mohiyati”, “Qiynoqqa solishga qarshi kurashishda voyaga yetmaganlar va ayollarga oid xalqaro va milliy standartlar”, “Qiynoqqa solishga qarshi kurashishda kamsitmaslik, aybsizlik prezumpsiyasi, qamoqqa olish, qiynoq to‘g‘risida xabar berishga oid xalqaro standartlar va O‘zbekiston Respublikasi jinoiy-huquqiy tizimida mazkur standartlarning qo‘llanilishi”, “Ushlab turish, qamoqqa olishga oid xalqaro standartlar, mahbuslar huquqlarini ta’minlash kafolatlari” mavzularida ma’ruzalar tinglashdi.

Mashg‘ulotlar Inson huquqlari milliy markazi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi hamda Malaka oshirish institutining tajribali mutaxassis va professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borildi. O‘quv kursi yakunida test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchilarga sertifikat topshirildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech