Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Qiynoqqa qarshi

03 Dekabr 2024, 05:12

45

Poytaxtimizda ichki ishlar, prokuratura va sud organlari vakillari uchun “Qiynoqqa solishga qarshi kurashish: xalqaro amaliyot va milliy tajriba” mavzuida o‘quv kursi tashkil qilindi.

Ikki kun davomida tinglovchilar huquqni qo‘llash amaliyotida qiynoqlarning oldini olishga qaratilgan dolzarb mavzularda ma’ruzalar tingladilar. Mashg‘ulotlarni Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi hamda boshqa muassasalarning tajribali mutaxassislari olib bordi.

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Bosh prokuratura hamda Ichki ishlar vazirligi hamkorligida tashkil qilingan o‘quv kursi yakunida tinglovchilarga sertifikat topshirildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech