Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Qilmishga yarasha hukm o‘qildi

12 Iyun 2023, 05:06

995

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumani sudining sayyor majlisida ikkita ish ko‘rildi.

IIV Akademiyasida o‘tgan majlisda barcha ishtirokchilar guvohligida Jinoyat kodeksi 131-moddasining 2-qismi, 166-moddasi 2-qismi “a” bandi, shuningdek 277-moddasining 2-qismi “a” bandi bilan ayblangan shaxslarning qilmishi ko‘rib chiqildi. Muhokamadan so‘ng ayblanuvchilar sodir etgan g‘ayriqonuniy xatti-harakatlarga nisbatan tegishli hukm chiqarildi.

Sayyor sud yakunida “tergov faoliyati” ixtisoslik yo‘nalishida tahsil olayotgan kursantlar bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tuman sudi sudyalari so‘z olgan muloqotda odil sudlovni ta’minlash yo‘lidagi sa’y-harakatlar xalqimizni rozi qilishga qaratilgani, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, ularning buzilgan huquqlarini tiklash sudlarning adolatli faoliyatiga bog‘liq ekanligi, surishtiruv va dastlabki tergov bosqichida qonun ustuvorligini ta’minlash uchun bo‘lajak soha vakillari yuksak bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozimligi yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech