Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Qadrdon maskanni sog‘inib...

24 Sentyabr 2022, 08:09

851

Ustozlardan saboq olgan maskan inson uchun hamisha qadrli. Oradan yillar o‘tsa-da, o‘sha dargohga qaytging, yoshlik onlarining oltin damlarini eslaging keladi.

Toshkent oliy militsiya maktabi huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun malakali kadrlar tayyorlaydigan ilm maskanlaridan biri bo‘lgan. Sobiq ittifoq yillari oliy maktabda nafaqat yurtimiz, balki qo‘shni Tojikiston, Qirg‘iziston va Turkmaniston Respublikalaridan kelgan yoshlar ham tahsil olgan. Ta’lim jarayonida yo‘lga qo‘yilgan pedagogik an’analar kadrlar tayyorlash sifatini oshirishga xizmat qilgan.

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida oliy maktabni 1986-yilda tamomlagan bitiruvchilarning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Sobiq kursdoshlar maskanga ulkan hayajon va sog‘inch bilan qadam qo‘ydilar. Archazorlar oralab o‘tgan orasta yo‘laklar, ko‘rkam o‘quv binolari, saf maydonining ulkan salobati-yu, Akademiya tarixi muzeyi jo‘shqin xotiralarni yodga soldi. Mustaqillik yillari o‘quv dargohida amalga oshirilgan mislsiz yangilanishlar, ayniqsa Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Axborot-resurs markazi, “Turon qoploni Jaloliddin Manguberdi” va “Buyuk sohibqiron Amir Temur” sinfxonalari hamda boshqa zamonaviy inshootlar mehmonlarda iliq taassurot qoldirdi.

Uchrashuvda xalqimizga xos bebaho qadriyatlar bo‘y ko‘rsatdi. Yoshlarga ta’lim-tarbiya bergan, hayot so‘qmoqlarida to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatgan mo‘tabar ustozlarga izzat-ikrom ko‘rsatilib, marhum kasbdoshlarning ibratli hayoti xotirlandi. 

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech