Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Qadrdon maskanda 20 yildan so‘ng

08 Yanvar 2024, 08:01

718

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida maskanning sobiq bitiruvchilari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.  

Tadbir avvalida bitiruvchilar akademiya saf maydoni, o‘quv va yotoq binolari, tinglovchilar oshxonasida bo‘lib, yoshlik damlarini yodga oldilar. So‘nggi yillar ta’lim muassasasida amalga oshirilgan ulkan yangilanishlar ularda yorqin taassurot qoldirdi.

Akademiya tarixi muzeyi o‘tmish va bugunni tutashtirgan maskan sanaladi. O‘quv dargohiga kelgan mehmonlar borki, bu yerni tomosha qilmasdan ketmaydi. Muzeydan joy olgan tarixiy fotosuratlar, ta’lim maskani hayoti bilan bog‘liq eksponatlar bitiruvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Shundan so‘ng, ma’naviyat va ma’rifat markazida ustoz va shogirdlar uchrashuvi tashkil qilindi. Unda so‘z olganlar yigirma yil oldingi davrlarni eslab, iliq xotiralari va faoliyatda erishgan yutuqlari bilan o‘rtoqlashdilar.

IIV akademiyasi axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech