Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Psixologik trening

5 Dekabr 2023, 19:48

2134

IIV Akademiyasining Psixologik ta’minlash markazida psixologik trening o‘tkazildi. 

Shaxsiy tarkib o‘rtasida sog‘lom muhitni mustahkamlash, xodimlarning ruhiy barqarorligini ta’minlash, xizmat faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida tashkil qilingan tadbirga saf qismi ofitserlari jalb qilindi.  

Trening davomida psixologik ko‘nikmalar, jumladan, stressga qarshi bardoshlilikni oshirish, ruhiy zo‘riqishlarning oldini olish, nostandart holatlarda vaziyatni to‘g‘ri baholash va oqilona qaror qabul qilish, verbal va noverbal muloqot o‘rnatish kabilarga alohida e’tibor qaratildi. Mashg‘ulot yakunlari bo‘yicha olingan xulosalarga qarab xodimlarga zarur tavsiyalar berildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech