Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Profilaktika inspektorlari uchun seminar-trening

26 Dekabr 2023, 01:12

448

Jizzax viloyati IIBda o‘tkazilgan “Sayyor akademiya” seminar-trening mashg‘ulotlariga onlayn va offlayn tarzda barcha hududiy profilaktika inspektorlari qamrab olindi.

Mashg‘ulotlar Ichki ishlar vazirligi akademiyasi professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borildi. Unda huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslari, “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilining mazmun-mohiyati, shuningdek, mahallalarda jinoyatchilikni jilovlash, aholining barcha qatlamlari bilan profilaktika chora-tadbirlarni amalga oshirish, huquqbuzarliklarga to‘g‘ri huquqiy baho berish va protsessual hujjatlarni rasmiylashtirish mexanizmlari haqida tushuncha berildi.     

Bundan tashqari, akademiya ishchi guruhi tomonidan kriminogen vaziyati murakkab mahallalar misolida ishlab chiqilgan hudud metodikalari, jinoyatlikni jilovlashga qaratilgan dolzarb taklif hamda tavsiyalar taqdimot qilindi. Interfaol mashg‘ulotlar davomida soha vakillari kelgusi faoliyatlari uchun zarur bo‘lgan bilim hamda ko‘nimalarga ega bo‘lishdi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech