Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Profilaktika inspektorlari o‘qitildi

20 May 2025, 12:05

34

14–17-may kunlari Toshkent viloyatining Bekobod shahrida profilaktika inspektorlari uchun sayyor mashg‘ulotlar tashkil qilindi.

Mahallalarda xavfsiz muhit yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish chora-tadbirlari samaradorligini yanada oshirish maqsadida tashkil qilingan mashg‘ulotlar IIV akademiyasi professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borildi.

Sayyor mashg‘ulotlarda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida ijtimoiy profilaktikani amalga oshirish, hududlarning kriminogen vaziyatini baholash, fuqarolar, ayniqsa alohida toifadagi shaxslar bilan ishlash, sodir qilingan huquqbuzarliklarni malakalash, muloqot jarayonida stress holatlari va nizolarni boshqarish hamda boshqa dolzarb masalalar yoritildi.

Mashug‘lotlar yakunida xodimlardan test sinovi qabul qilinib, ularning kasbiy bilim va ko‘nikmalari baholandi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech