Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Profilaktika inspektori qanday bo‘lishi kerak?

22 Dekabr 2023, 08:12

1530

Mahallalarda osoyishtalikni ta’minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish profilaktika inspektori zimmasidagi eng muhim vazifa. Buning uchun ular zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, o‘z faoliyatini yaxshi bilishi lozim.

IIV Akademiyasining Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati kafedrasi tomonidan kunduzgi ta’lim birinchi bosqich kursantlari bilan o‘tkazilayotgan “Kichik final” kompleks o‘quv mashg‘ulotlarida ayni jihatga alohida e’tibor qaratilmoqda. Tajribali professor-o‘qituvchilar, amaliyot xodimlari jalb qilingan mashg‘ulotlar namunali mahalla-huquq tartibot maskani hamda kafedra qoshidagi o‘quv-metodik xonada olib borilyapti.

Unga ko‘ra, kursantlar profilaktika inspektori faoliyatidagi hujjatlar (bildirgi, ariza, bayonnoma, dalolatnoma, tushuntirish xati, talabnoma)ni tuzish va rasmiylashtirish ishlarini amalda bajardilar. Yakunda berilgan topshiriqning qay darajada bajarilgani soha mutaxassislari tomonidan baholandi. Bundan tashqari, ularga aholi murojaatlari bilan ishlash, mahallalarni kriminogen vaziyatiga qarab toifalarga ajratish, ijtimoiy profilaktikani tashkil etish va amalga oshirish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

 Ahamiyatlisi, har bir mashg‘ulotning real sharoitga yaqinlashtirilgan holda o‘tkazilayotgani o‘quv jarayonida o‘zlashtirilgan nazariy bilimlarni mustaqil qo‘llash, kelgusidagi faoliyatga doir dastlabki ko‘nikmalarni hosil qilishga yordam bermoqda.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech