Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Professor-o‘qituvchilar tajriba almashdi

06 Dekabr 2024, 07:12

847

O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti vakillari IIV akademiyasidagi ta’lim jarayonlari bilan tanishdilar.

Tajriba almashinuvi yaqinda ta’lim muassasalari o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida tashkil qilindi.

Mehmonlar akademiya vakillari hamrohligida o‘quv jarayoniga tatbiq qilingan yondashuvlar, professor-o‘qituvchilar va ta’lim oluvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar. Keyingi yillarda amalga oshirilgan keng qamrovli o‘zgarishlar haqida ma’lumot berildi.

– Ilk tanishuv samarali bo‘ldi. Samimiy muloqot chog‘ida yutuqlarimiz bilan bo‘lishdik, innovatsion yangiliklarni tajriba sifatida oldik. Aslida, maqsad ham shu, – deydi universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Ravshan Rayimjonov.

Shu kuni mehmonlar akademiya faoliyati bilan atroflicha tanishib chiqdilar. Ta’limni raqamlashtirish, nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash, professor-o‘qituvchilar faoliyatini baholash va boshqa yo‘nalishlarda yaratilgan tizimlar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech