Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

PRESS-TUR: FAOLIYATGA XOLIS BAHO

05 Fevral 2025, 07:02

40

Ta’lim tizimidagi islohotlar mamlakatning ertangi taraqqiyotiga xizmat qiladi. Ichki ishlar organlari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashda qaysi jihatlarga e’tibor qaratilmoqda?

IIV akademiyasida bir guruh jurnalistlar ishtirokida press-tur tashkil qilindi. Unda “O‘zbekiston-24”, “Yoshlar”, “Toshkent”, “Sevimli”, “Mening yurtim” telakanallari, “Xalq so‘zi”, “Yangi O‘zbekiston” gazetalari, O‘zbekiston milliy axborot agentligi vakillari ishtirok etdi.

Press-tur avvalida akademiya faoliyatiga bag‘ishlangan videorolik namoyish qilindi. Shundan so‘ng ommaviy axborot vositalari xodimlari ta’lim maskani bilan yaqindan tanishdilar. Mehmonlarga soha uchun kadrlar tayyorlashning ustuvor yo‘nalishlari, keyingi yillarda ro‘y bergan ulkan o‘zgarishlar, erishilgan natijalar, istiqboldagi ustuvor maqsadlar haqida ma’lumot berildi.

Professor-o‘qituvchilar va ta’lim oluvchilar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar, nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlashga qaratilgan ilg‘or yondashuvlar, yoshlarni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi keng qamrovli ishlar jurnalistlarda ulkan taassurot qoldirdi. Tadbir so‘nggida tashkil qilingan anjumanda OAV vakillari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi. 

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech