IIV akademiyasida tashkil etilgan davra suhbatida O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlari va Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik munosabatlari yuzasidan fikr almashildi.
Tadbirda Prezident huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti sho‘ba mudiri, yuridik fanlar doktori, professor Komil Rashidov so‘z oldi.
Xalqaro munosabatlar bo‘yicha mutaxassis O‘zbekiston tashqi siyosatida 2016-yildan hozirgi davrga qadar ro‘y bergan mislsiz o‘zgarishlar, mamlakatimizning Markaziy Osiyo davlatlari bilan o‘zaro munosabatlari, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar doirasida mintaqada yuzaga kelgan geosiyosiy vaziyat, keyingi yillarda turli jabhalarja erishilayotgan ijobiy o‘sish sur’atlari, mintaqa davlatlari o‘rtasidagi do‘stona va yaxshi qo‘shnichilikka asoslangan aloqalarning bugungi holati va istiqbollari chuqur tahlil qilindi.
Magistratura tinglovchilari, professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar ishtirok etgan davra suhbatida O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, mamlakatimizning yetakchi davlatlar, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan yo‘lga qo‘ygan hamkorlik aloqalari, dunyodagi geosiyosiy o‘zgarishlar va ko‘p vektorli tashqi siyosat masalalari xususida ham fikr almashildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati