Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Posbonlar sahnada bellashdilar

05 Dekabr 2024, 09:12

320

Poytaxtimizda o‘tkazilgan “Eng yaxshi vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiq” ko‘rik-tanlovi yoshlar o‘rtasida sog‘lom ijodiy muhitni qaror toptirish, yangi iqtidor egalarini kashf etishga xizmat qildi.

Ko‘rik-tanlovda Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Bojxona instituti, Qurolli Kuchlar akademiyasi, Jamoat xavfsizligi universiteti, Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti, Madofaa vazirligi Tibbiyot akademiyasi hamda mezbon Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi kursantlari ishtirok etdi. 

Taniqli san’at va madaniyat namoyandalaridan iborat hakamlar hay’ati kursantlarning chiqishini ikki yo‘nalishda baholab borishdi. Nihoyat, yakunda har bir yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.

Shunga ko‘ra, “O‘zbek milliy qo‘shiqlari” yo‘nalishida 1-o‘rin IIV akademiyasi, 2-o‘rin Qurolli Kuchlar akademiyasi, 3-o‘rin Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlariga nasib etdi. “Eng yaxshi vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiq” yo‘nalishida esa Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi kursanti g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, qolgan o‘rinlar Bojxona instituti hamda Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi vakillariga munosib ko‘rildi. Ishtirokchilar diplom, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech