5–9-noyabr kunlari Termiz shahrida milliy kurash, yunon-rum va erkin kurash bo‘yicha “Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Kurash federatsiyasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan musobaqada vazirlik tarkibiy tuzilmalari va hududiy bo‘linmalari jamoalari 7 ta vazn toifasida kuch sinashdi.
Yilning nufuzli sport tadbirida IIV Akademiyasi jamoasi a’zolari ham munosib ishtirok etishdi. Vakillarimizdan katta leytenant Ravshanjon Asrorov (72 kg) va kunduzgi ta’lim kursanti Ilhomjon Ibrohimov (77 kg) yunon-rum kurashi bahslarida bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Musobaqa yakunida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha sovrindorlar aniqlanib, diplom, medal va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Shuningdek faol ishtirokchilarga “Eng yaxshi texnika ustasi”, “G‘alabaga bo‘lgan intilishi” svorinlari topshirildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati