IIV O‘quv-dala markazida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
Yoshlar ittifoqining Akademiyadagi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirda kunduzgi ta’lim 1-o‘quv kursidan 40 ta jamoa qatnashdi.
Bahs davomida bilimdonlik va mantiqiy fikrlashga undaydigan qiziqarli savollar o‘ynaldi. Har bir jamoa a’zolari o‘z iqtidor va intellektual salohiyatlarini namoyish etishga harakat qilishdi.
Munozaralarga boy o‘yin yakunida “Bilimdon” jamoasi birinchi, “Everest” ikkinchi, “Wonderful” jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi. Tadbir yakunida so‘zga chiqqanlar intellektual o‘yinlar yosh avlodning bilim darajasi, ma’naviy salohiyati, tanlagan kasbiga bo‘lgan sadoqatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tishdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati