IIV O‘quv-dala markazida boshlang‘ich tayyorgarlik mashg‘ulotlarini o‘tayotgan Akademiyaning birinchi bosqich kursantlari uchun “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Davlatimiz rahbarining besh muhim tashabbusi doirasida o‘tkazilgan bilimlar bahsida har biri o‘n nafar ishtirokchidan tarkib topgan jami 7 ta jamoa o‘zaro bellashdi. Kursantlarning bilimdonlik salohiyati Ma’muriy huquq kafedrasi o‘qituvchilari va o‘quv-saf qismi ofitserlaridan iborat hakamlar tomonidan baholab borildi.
Intellektual o‘yinda ishtirokchilarga jami 25 ta savol yo‘llandi. Sog‘lom raqobat muhitida o‘tgan o‘yin yakunida 3-otryadning hozirjavob kursantlari birinchi o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘ldilar.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati