Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Peshqadamlar uchun atalgan tur

10 Iyun 2023, 11:06

724

IIV Akademiyasi mezbonlik qilayotgan futbol turniri tobora qizg‘in pallaga kirmoqda. Kecha jamoalar 3-tur bahslarini o‘tkazdilar.

Ilk uchrashuvda Jamoat xavfsizligi universiteti va Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti futbolchilari maydonga tushishdi. Murosasiz uchrashuv taqdirini yagona gol hal qildi, 0:1. Ikkinchi o‘yin IIV Akademiyasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi jamoalari o‘rtasida kechdi. Mezbonlarning yaqqol ustunligida o‘tgan uchrashuv 5:0 hisobi bilan yakunlandi. Nihoyat, so‘nggi bahsda Bojxona instituti futbolchilari Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga qarshi to‘p tepishdi. Hujumlarga boy o‘tgan o‘yin bojxonachilarning 1:4 hisobidagi mag‘lubiyati bilan tugadi.

Turnir jadavalida IIV Akademiyasi va Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti jamoalari 9 ochko bilan peshqadamlik qilishmoqda.  Jamoat xavfsizligi universiteti va  Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi jamoalarida 3 ochkodan mavjud. Jadvalning quyi qismini 1 ochkodan jamg‘argan Bojxona instituti hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi jamoalari egallagan.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech