Ichki ishlar vazirligi qoshidagi 1-sonli akademik litseyda master-klass mashg‘ulotlarini o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi.
Soha uchun kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, akademik litseylarga o‘quv-uslubiy jihatdan ko‘maklashish, ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish maqsadida tashkil etilgan mashg‘ulotlar Ichki ishlar vazirligi akademiyasining mahoratli professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilmoqda.
Tasdiqlangan jadvalga asosan, akademik litsey o‘qituvchilari uchun “jinoyat huquqi”, “jinoyat-protsessual huquq”, “konstitutsiyaviy huquq” fanlari hamda ilmiy-tadqiqot faoliyati bo‘yicha mahorat darslari o‘tkaziladi. Bunda o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, mashg‘ulotlarda interfaol metodlar va axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan unumli foydalanish, innovatsion ta’limni rivojlantirish, xorijiy tajribaning o‘ziga xos yondashuvlarini qo‘llash, shuningdek pedagogik faoliyatni ilmiy salohiyat orqali yuksaltirish bo‘yicha soha vakillarining malakasini oshiriladi.
Akademiyaning Jinoyat huquqi kafedrasi dotsenti Maqsud Qalandarov o‘tkazgan ilk mashg‘ulotda ilg‘or innovatsion metodlarning ahamiyati, kadrlarni maqsadli tayyorlashda zamonaviy o‘qitish usullarining xususiyati atroflicha tushuntirildi. Mashg‘ulot ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati