Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

PEDAGOGIK MAHORAT OSHIRISH KURSLARI DAVOM ETMOQDA

24 Avgust 2022, 09:08

1004

Ayni kunlarda Ichki ishlar vazirligi akademiyasi professor-o‘qituvchilari interfaol usullarda mashg‘ulot o‘tkazishning zamonaviy texnologiyalari bo‘yicha malaka oshirmoqda.

Mashg‘ulotlar Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida olib borilmoqda.

Mutaxassislarning aytishicha, ta’lim jarayonida o‘qitishning interfaol usullarini samarali tatbiq etish kadrlar tayyorlash samaradorligiga xizmat qiladi. Malaka oshirish kurslarida soha xodimlarining kasbiy mahoratini rivojlantirish, o‘quv mashg‘ulotlarini zamonaviy metodikalar asosida o‘tkazish, interfaol usullarni qo‘llash borasidagi ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilyapti.

Bundan tashqari, “Treningni o‘tkazishda taqdimot va kommunikatsiya ko‘nikmalari”, “Pedagogik jamoada ishlash samaradorligini oshirish”, “Zamonaviy pedagogning emotsional va sotsial intellekti”, “Treningda ishtirokchilar harakati, ularning o‘zaro munosabatini boshqarish ko‘nikmalari va qaytma aloqa vositalari”, “Trening samaradorligini baholash va natijalarni qo‘llab-quvvatlash”, “Pedagogik faoliyatda vaqtdan unumli foydalanish” kabi mavzularda trening mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15–20-avgust kunlari ham bir guruh professor-o‘qituvchilar Davlat boshqaruvi akademiyasida malaka oshirib, sertifikat bilan taqdirlangan edi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech