Poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida 21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Muazzam xiyobon erta tongdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ullari, parlament a’zolari, qator vazirlik, idora va ta’lim muassasalari vakillari, olim, yozuvchi va shoirlar hamda yoshlar jamoatchiligi bilan gavjum bo‘ldi.
Yurtdoshlarimiz ona tilimizga ulkan ehtirom ramzi sifatida buyuk bobokalonimiz, mutafakkir shoir Alisher Navoiyning haykali poyiga gulchambar qo‘ydilar. Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar shu kuni xiyobondagi shoir va yozuvchilar haykallari poyida davom etdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati