Jamoat xavfsizligi universitetida IIV Akademiyasining “huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati” yo‘nalishida ta’lim olayotgan kursantlari uchun mashg‘ulot tashkil qilindi.
Universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilgan mashg‘ulotda Jamoat xavfsizligi konsepsiyasi doirasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar va kelgusidagi chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi. Shu kuni Akademiya kursantlari ta’lim jarayonlari, o‘quv va amaliy mashg‘ulot xonalari, yoshlar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar bilan tanishdilar.
Mashg‘ulot davomida jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyatiga oid tajribalar bilan o‘rtoqlashildi. Ta’lim muassasalari vakillari muhim yo‘nalishlarda hamkorlikni faol davom ettirishga kelishib olishdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati