Ichki ishlar organlarida “Jismoniy va jangovar tayyorgarlik oyligi” munosabati bilan IIV Akademiyasida turli tadbirlar tashkil qilinmoqda.
Xodim, tinglovchi va kursantlar o‘rtasida sportni yanada ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini mustahkamlash, shaxsiy tarkibning jangovar va jismoniy faolligini oshirish maqsadida o‘tkazilayotgan musobaqalarda barcha faol ishtirok etmoqda.
Jumladan, oylikning birinchi haftasida yugurish, suzish, minifutbol va shaxmat musobaqalari uyushtirildi. Ko‘tarinki ruhda o‘tgan bellashuvlar yakunida turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.
Oylikka bag‘ishlangan tadbirlar va sport mashg‘ulotlari jadal davom ettirilmoqda.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati