Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Ovoz berish jarayonlari ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda

09 Iyul 2023, 12:07

1280

Bugun mamlakatimizda muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tmoqda. Poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 100-sonli saylov uchastkasida ham ovoz berish jarayonlari ko‘tarinki ruhda boshlandi.

Muhim siyosiy tadbir uchastka saylov komissiyasi a’zolari, siyosiy partiyalar kuzatuvchilari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida davlat madhiyasi ijrosi bilan qarshi olindi. Shundan so‘ng saylovchilar o‘zlari uchun munosib nomzodni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ovoz berishga kirishdilar.

– Bu yilgi saylov yangilangan saylov qonunchiligi asosida o‘tkazilmoqda. Men ham o‘z konstitutsiyaviy huquqimdan foydalangan holda ushbu jarayonda faol ishtirok etib, o‘zim va Yangi O‘zbekistonning kelajagi uchun ovoz berdim. Shuni e’tirof etishim kerakki, demokratik tamoyillar asosida o‘tayotgan Prezident saylovi mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishga xizmat qiladi, – deydi IIV Akademiyasi kursanti Maftuna Sultonova.

Yana bir suhbatdoshimiz Akmal Salayev siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etayotganidan mamnunligini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi yoshlar uchun ulkan imkoniyat va motivatsiya berdi. Yangi O‘zbekiston davomchilari yurtimizdagi keng qamrovli islohotlarga daxldorligini namoyon etib, kelajak orzu-maqsadlari yo‘lida ovoz bermoqdalar.

Saylov uchastkasidan olingan ma’lumotga ko‘ra, soat 12:00gacha umumiy saylovchilarning 98 foizi ovoz berib bo‘lgan.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech