IIV akademiyasida “Xavfsizlik va barqarorlik – taraqqiyot kafolati” mavzuida tadbir bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan tashkil qilingan tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Yozuvchilar uyushmasi hamda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi vakillari, akademiya professor-o‘qituvchilari va kursantlari ishtirok etdi.
Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar jahonda yuz berayotgan global o‘zgarishlar, mamlakatimizda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash masalalari, Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, qonun ustuvorligini ta’minlash, aholining huquqiy madaniyati va jamiyat hayotiga daxldorligini yuksaltirish omillari, bu borada ilm-ma’rifatli yoshlarimiz zimmasidagi vazifalar haqida atroflicha so‘z yuritishdi.
Mehmonlarning mulohaza va tavsiyalari yoshlarga motivatsiya berish barobarida, ularning ona Vatanimiz oldidagi burch va mas’uliyatini yanada oshirishga xizmat qildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati