IIV Akademiyasi ishchi guruhi tomonidan poytaxtimizning Yunusobod tumani mahallalari o‘rganilmoqda.
Kriminogen vaziyatni o‘rganish orqali jinoyatchilikni jilovlashga qaratilgan faoliyat davomida sodir etilgan huquqbuzarliklar, ularning sabablari va shart-sharoitlari ilmiy yondashuv asosida tahlil qilinmoqda.
Xususan, tumanning “Hasanboy”, “Astrobod”, “Bog‘ishamol”, “Uvaysiy” mahallalarida kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillar muhokama qilindi. Hududlarning o‘ziga xos xususiyatini inobatga olgan holda ko‘p qayd etilayotgan jinoyatlar, ularni sodir etgan shaxslar, huquqbuzarlikka imkon berayotgan omillar atrofilicha o‘rganildi. Jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha profilaktika inspektorlari hamda mahalla faollarining takliflari tinglandi.
Ishchi guruh a’zolarining aytishicha, “mahallabay” tizim bo‘yicha olib borilayotgan o‘rganishlar 29-dekabrga qadar davom etadi. Yakunda vaziyatni yaxshilashga qaratilgan ilmiy asoslantirilgan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq qilinadi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati