Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

O‘quvchilarga psixologik tavsiyalar

25 Oktyabr 2023, 03:10

834

Ichki ishlar vazirligining Toshkent viloyatidagi akademik litseyida psixologik trening tashkil etildi.

O‘quvchilarning ruhiy barqarorligini mustahkamlash, ruhiyatga ta’sir ko‘rsatuvchi holatlarni yengib o‘tish ko‘nikmalarini shakllantirish, jamoada sog‘lom ma’naviy muhitni barqarorlashtirish maqsadida o‘tkazilgan mashg‘ulotni IIV Akademiyasining Psixologik ta’minlash markazi boshlig‘i, podpolkovnik Ilhomali Kalonov olib bordi.

Seminar-treningda nostandart vaziyatlarni to‘g‘ri baholash, o‘zini o‘zi idora qilish, ijobiy ustanovkani mustahkamlash, hissiy-affektiv jarayonlarni uyg‘unlashtirish va faollashtirish, stressga bardoshli bo‘lish, muvaffaqiyatga intilish yuzasidan tavsiyalar berildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech