Ichki ishlar vazirligi tasarrufidagi 2-son akademik litseyda Toshkent viloyati yoshlari ishtirokida tadbir o‘tkazildi.
Uchrashuv avvalida yurtimiz yoshlarining ta’lim olishi, zamonaviy kasblarni egallashi, o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun yaratilgan ulkan imkoniyatlar e’tirof etildi.
Shundan so‘ng IIV akademiyasi Kadrlar bo‘limi vakillari so‘z olib, ichki ishlar organlari uchun kadrlarni maqsadli tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga to‘xtalib o‘tishdi.
Jonli muloqot tarzida o‘tgan tadbirda akademiyaga o‘qishga kirish tartibi va bosqichlari, maxsus kasbiy tanlov va imtihonlar xususiyati, nomzodlar uchun sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shu bilan birga, akademiya faoliyatiga oid videorolik namoyish qilinib, o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati