Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

O‘quvchilar qaysi kasblarga qiziqadi?

11 Oktyabr 2024, 09:10

310

Ichki ishlar vazirligi tomonidan otaliqqa olingan umumta’lim maktablarida huquqiy targ‘ibotlar o‘tkazilib, o‘quvchilar bilan ochiq muloqot qilindi.

Tadbir o‘smir-yoshlarning huquq ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularni zamonaviy kasblarga qiziqtirish, yurtimizning chekka hududlarida oliy ta’lim qamrovini oshirish maqsadida tashkil etildi.

Farg‘ona, Quvasoy, Marg‘ilon shaharlari va Quva tumanidagi 1, 21, 25, 9-sonli umumta’lim maktablarida o‘tkazilgan tadbirlar yoshlar uchun foydali tavsiyalarga boy bo‘ldi. Qizg‘in muloqotlar jarayonida ularning bilim salohiyati, o‘qish va kasb egallashga ishtiyoqi, kelajakdagi maqsadlari o‘rganildi.

– Yoshlarimizning ongi va dunyoqarashi o‘zgarib bormoqda. Bunday sharoitda ularni to‘g‘ri maqsad sari yo‘naltirish muhim ahamiyat kasb etadi. Uchrashuvlar chog‘ida o‘quvchilarga ilm-ma’rifatli bo‘lish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish, kelgusida ma’lum bir kasbni egallashning foydali jihatlarini tushuntirdik, – deydi IIV akademiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Turg‘un Kuchkarov.

Aytish joizki, ishchi guruh tomonidan maktablarda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar ham o‘rganildi. Qo‘shimcha fan to‘garaklarini tashkil etish, yoshlar o‘rtasida sport tadbirlari qamrovini oshirish, kasb-hunarga qiziquvchi o‘quvchilarni ustoz-shogirdlikka biriktirish, “mahalla – maktab – oila” tizimi asosida huquqiy targ‘ibotlar o‘tkazish yuzasidan qator vazifalar belgilab olindi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech